Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 38 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 90 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 38 mln 370 mingni tashkil qilmoqda. 28 mln 853 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1508699
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 38 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 90 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 38 mln 370 mingni tashkil qilmoqda. 28 mln 853 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 143 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 43 ming 18 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni esa, 634 ming 920 nafarga yetdi.

Fransiyada COVID-19 tufayli so’nggi bir kunda 108 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 32 ming 933 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni so’nggi bir kunda 12 ming 993 kishiga oshib, 756 ming 472 nafarni tashkil qilmoqda.

Poytaxt Parijda 2021 yil 27 fevral-7 mart kunlari o’tkazilishi rejalangan “Qishloq-xo’jaligi va chorvachilik yarmarkasi” COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi.

Germaniyada koronavirus qurbonlari soni 9677 nafarga yetdi. Mamlakatda so’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 5132 ta yangi holat qayd etildi. Bu ko’rsatgich, aprel oyidan beri kuzatilgan eng yuqori ko’rsatgich deb topildi. Mamlakat miqyosida virusga chalinganlar soni 334 ming 585 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar