AQSh Ozarbayjon va Armanistonni o’t ochishni to’xtatish rejimiga amal qilishga chaqirdi

“AQSh Ozarbayjon bilan Armanistonni o’t ochishni to’xtatish rejimiga qat’iyan amal qilishga va Ganja hamda Xonkendi kabi aholi punktlarini nishonga olishni to’xtatishga chaqiradi”,-deyiladi bayonotda.

1508644
AQSh Ozarbayjon va Armanistonni o’t ochishni to’xtatish rejimiga amal qilishga chaqirdi

 

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo twitter orqali Tog’li Qorabog’da bo’layotgan hodisalarga munosabat bildirdi.

Pompeo Ozarbayjon va Armanistonni o’t ochishni to’xtatish rejimiga qat’iyan amal qilishga va tinch aholini nishonga olishdan tiyilishga chaqirdi.

U ikki davlat o’rtasidagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori ekanligini tilga olar ekan, ayni vaqtda tinch aholi o’limlaridan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

“AQSh Ozarbayjon bilan Armanistonni o’t ochishni to’xtatish rejimiga qat’iyan amal qilishga va Ganja hamda Xonkendi kabi aholi punktlarini nishonga olishni to’xtatishga chaqiradi”,-deyiladi bayonotda.

Ayniqsa, Armanistonni Ganja shahridagi tinch aholi punktlariga hujum qilishni to’xtatishga chaqirgan Pompeo, Armaniston qo’shini pozitsiyalari nishonga olingan Xonkendi hududida “Insonlar o’ldirilmoqda” shaklidagi Yerevan iddaolariga ham to’xtalib o’tdi.

Eslatish joizki, Ozarbayjon va Armaniston Moskvada o’tkazilgan muzokaralarda 10 oktyabr kuni soat 12:00dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi.
Bunga ko’ra, harbiy asirlarni va ushlab turilgan boshqa shaxslarni hamda halok bo‘lganlarning jasadlarini almashtirish va Xalqaro qizil xoch mezonlariga muvofiq gumanitar maqsadlarda 2020 yil 10 oktyabr soat 12:00dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish e'lon qilingandi.

Armaniston qo’shinio‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvdan 24 soat o’tmay, Ozarbayjonning Ganja shahriga raketa hujumini sodir qilgandi. Hujumda 10 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgandi, 34 kishi jarohatlangandi.


Tanlangan kalimalar: #Mayk Pompeo , #Armaniston , #Ozarbayjon , #AQSh

Aloqador xabarlar