BMT:2000-2019 yillarda ro'y bergan tabiiy ofatlarda 1,23 mln inson nobud bo’ldi

BMT hisobotiga ko’ra, 2000-2019 yillarda sodir bo’lgan favqulodda hodisalar va tabiiy ofatlarda 1,23 mln inson halok bo’lgan. Tabiiy ofatlardan 4,2 mlrd inson zarar ko’rgan. Bu esa, global iqtisodiyotga qariyb 3 trillion dollar zarar keltirgan.

1507846
BMT:2000-2019 yillarda ro'y bergan tabiiy ofatlarda 1,23 mln inson nobud bo’ldi

 

2000-2019 yillarda sodir bo’lgan tabiiy ofatlarda 1,23 mln inson nobud bo’ldi.

BMTning “Xalqaro tabiiy ofatlar tahlikasini kamaytirish kuni” munosabati bilan e’lon qilgan hisobotiga ko’ra, 2000-2019 yillarda jami 7348ta dahshatli tabiiy ofat yuz bergan.

Hisobotga ko’ra, favqulodda hodisalar va tabiiy ofatlarda 1,23 mln inson halok bo’lgan. Tabiiy ofatlardan 4,2 mlrd inson zarar ko’rgan. Bu esa, global iqtisodiyotga qariyb 3 trillion dollar zarar keltirgan.

Shuningdek, oxirgi 20 yilda vayronkor sel falokatlari ikki barobarga ortish ko’rsatgan. To’fon, qurg’oqchilik, o’rmon yong’inlari, kutilmagan iqlim hodisalari, zilzila va tsunami falokatlari sonida ham ortish yuzaga kelgan.

Dunyoda eng katta yirik tabiiy ofatlar asosan Osiyo mintaqasida (3 mingta tabiiy ofat) ro’y bergan. AQShda 1756 ta, Afrikada 1192 ta tabiiy ofat yuz bergan.

Tabiiy ofatlardan katta zarar ko’rgan davlatlar esa Xitoy, AQSh, Hindiston, Filippin va Indoneziya hisoblanadi.

Eslatish joizki, 2004 yili Hind okeanida ro’y bergan tsunami falokati oqibatida 226 ming 400 inson halok bo’lgan, 2010 yili Gaitida yuzaga kelgan 7 ball zilzilada esa, 222 ming inson nobud bo’lgandi.


Tanlangan kalimalar: #tabiiy ofat , #BMT

Aloqador xabarlar