AQSh Prezidenti Donald Trump va rafiqasi koronavirusga chalindi

AQSh Prezidenti Donald Trump va rafiqasi Melania Trump koronavirusga chalindi.

1501395
AQSh Prezidenti Donald Trump va rafiqasi koronavirusga chalindi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump, shaxsi va rafiqasi Melania Trumpning yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) testining ijobiy natija berganini bildirdi.

Trump, Covid – 19 ga chalinganini Twitter hisobi orqali bergan bayonotida ma’lum qildi.

Unda Trump,

“Bugun kechasi birinchi honim va mening Covid – 19 testimiz ijobiy natija berdi. Karantin va davolanish jarayonini hamon boshlaymiz. Bu jarayonni birgalikda yengib o‘tamiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Oq uydan mavzu haqida berilgan bayonotda ham Trumpning shifokori Shon Konlining nomi tilga olingan testlar ustidan rasmiy ravishda bayonot bergani qayd etildi.  

Unda, Trump bilan Melania Trumpning oxirgi Covid – 19 testining ijobiy natija bergani haqida aytilar ekan, “Hozirda ham prezident ham da birinchi honimning ahvoli yaxshi va bu jarayonda ikkalasi ham Oq uyda bo‘ladilar.” deyilgan.

Trump, yaqindagina maslahatchilaridan Xoup Xiksning Covid – 19 ga chalinishi ortidan shaxsi va rafiqasining o‘zini - o‘zi izolyatsiya qila boshlashi haqida gapirgandi.

Trumpning yaqin maslahatchilaridan Xiks, oxirgi vaqtlarda AQSh Prezidentining bir necha saylovoldi sayohatida hamrohlik qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Donald Trump , #Melania Trump , #Covid-19

Aloqador xabarlar