Puflangan qayiqda 10 kun dengizda qolib ketgan muhojir va nihoyat qutqarildi

Afrikalik muhojirlardan biri, Yevropaga borish uchun yakka o‘zi safarga chiqar ekan, yo‘lda adashib qoldi.

1501000
Puflangan qayiqda 10 kun dengizda qolib ketgan muhojir va nihoyat qutqarildi

Puflangan qayiqda 10 kun hayot uchun kurashgan afrikalik muhojir va nihoyat qutqarildi.

Afrikalik muhojirlardan biri, Yevropaga borish uchun yakka o‘zi safarga chiqar ekan, yo‘lda adashib qoldi.

Puflangan qayig‘i bilan 10 kun dengizda qolib ketgan muhojir bir necha kun ozgina suv ichib, ovqat yeyish orqali hayotta qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Muhojir, Afrikaning shimoliy qirg‘og‘idagi Ispaniyaning Seuta shahrining 215 kilometr sharqida chorasiz yo‘l qarashni davom ettirdi.  

Oxiri Portugaliya Harbiy – havo kuchlari qo‘mondonligi, muhojirni payqadi. Rasmiylar, mintaqadagi Ispaniya kemasi bilan aloqa o‘rnatdi.

Afrikalik muhojir, yaqinlashgan kemaga ulasishga urindi. Bor kuchi bilan qo‘llaridan kurakdek foydalanib, kemaga yetib bordi. 

O‘ziga uzatilgan arqonli zina yordamida kemaga chiqqan muhojir va nihoyat qutqarildi.

O‘rta yer dengizida jon bergan yuz minglab muhojirning aksiga, u hayotda qolishga muvaffaq bo‘ldi.



Aloqador xabarlar