Yevroittifoqqa a’zo davlatlar rahbarlari ishtirokida sammit bo’lib o’tadi

Belgiya poytaxti Brusselda bo’lib o’tadigan sammitda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Turkiya va Yevroittifoq munosabatlari hamda Belorusdagi o’zgarishlar muhokama qilinadi.

1500189
Yevroittifoqqa a’zo davlatlar rahbarlari ishtirokida sammit bo’lib o’tadi

 

1-2 oktyabr kunlari Yevroittifoqqa a’zo davlatlar rahbarlari ishtirokida sammit bo’lib o’tadi.

Belgiya poytaxti Brusselda bo’lib o’tadigan sammitda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Turkiya va Yevroittifoq munosabatlari hamda Belorusdagi o’zgarishlar muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, Xitoy, Belorus va Tog’li Qorabog’da bo’layotgan hodisalar, rus muxolif Aleksey Navalniyning zaharlanishi bilan bog’liq tekshiruvlar sammit kun tartibining asosiy mavzularidan biri hisoblanadi.

Qolaversa, COVID-19 pandemiyasining Yevroittifoq davlatlari iqtisodiyotiga ko’rsatgan ta’siri va buning oqibatlari, bu jarayonda yana ham kuchli va mustahkam sanoat siyosatini ishlab chiqish hamda raqamli transformatsiyani tezlashtirish kabi xususlar ham ko’rib chiqiladi.


Tanlangan kalimalar: #sammit , #Yevroittifoq

Aloqador xabarlar