Peskov: "Rossiya Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda."

Dmitriy Peskov, Armaniston tomonidan Ozarbayjonga qarshi uyushtirilgan hujumlar natijasida Tog‘li Qorabog‘da avj olgan taranglikni baholadi.

1499618
Peskov: "Rossiya Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda."

Rossiya Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni yaqindan kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov poytaxt Moskvada bergan bayonotida, Armaniston tomonidan Ozarbayjonga qarshi uyushtirilgan hujumlar natijasida Tog‘li Qorabog‘da avj olgan taranglikni baholadi.

Tog‘li Qorabog‘da eng qisqa vaqtda o‘q uzishning to‘xtatilishi kerakligini belgilab o‘tgan Peskov, mintaqadagi vaziyatni yaqindan kuzatib borayotganliklarini ta’kidladi.

Peskov,

“Hammsini kuzatyapmiz va bu ma’lumotlarni kelajakdagi yondashuvlariminizni tashkil etish va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi sheriklarimiz bilan tashlanadigan qadamlarni belgilab olishda foydalanamiz.” dedi.

Peskov barcha o‘lkalarni, muxolifat tomonlarni o‘q uzishni to‘xtatishga va anchadan beri davom etgan to‘qnashuvni siyosiy va diplomatik asosda tinch yo‘ldan hal qilishga ko‘ndirishga chaqirganliklarini qayd etdi.

Peskov kecha Sochida, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Qirg‘isiton Prezidenti Sooronbay Jeenbekov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, KXShT doirasida Armanistonni qo‘llab – quvvatlash masalasining kun tartibiga olib chiqilmaganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar