BMT, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni darxol to‘xtatishga chaqirdi

BMT, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvlardagi tinch aholi o‘limlarini qoralagan holda, to‘qnashuvlarni darxol to‘xtatishga chaqirdi.

1498513
BMT, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni darxol to‘xtatishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvlardagi tinch aholi o‘limlarini qoralagan holda, to‘qnashuvlarni darxol to‘xtatishga chaqirdi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterres matbuot xizmati kotibi Stephane Dujarrik orqali bergan bayonotida, Tog‘li Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘ida, ikkala mamlakat o‘rtasida takror to‘qnashuvlar boshlaganidan tashvishda ekanligini ifoda etgan.  

Kuchdan foydalanishlaru to‘qnashuvdagi tinch aholi o‘limini qoralagan Guterres, tomonlarni buni darxol to‘xtatish, taranglikni kamaytirish va kechiktirmay mazmunli muzokaralarga o‘tishga undagan.

Bayonotda Guterresning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqat qilishi haqida ham ma’lumot berildi.

Shuningdek, AQSh ham huddi shunday undov bilan chiqish qildi.  

Bu haqida AQSh Davlat kotibligi, Ozarbayjon bilan Armanistonni Tog‘li Qorabog‘da kelib chiqqan to‘qnashuvlarni darxol to‘xtatishga chaqirdi.

Kecha tong saharlab Armaniston – Ozarbayjon tutashuv chizig‘ida, arman kuchlarining Ozarbayjon tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi o‘q uzishi natijasida to‘qnashuvlar boshladi.

Ozarbayjon armiyasi bunga javob tariqasida hujum boshlatib, ba’zi turar – joy punktlarining bosib olinishidan qutqardi.



Aloqador xabarlar