Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 2748 mingga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 33 mln 322 ming 871 nafarni tashkil qilmoqda. 24 mln 651 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1498744
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 2748 mingga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 33 mln 322 ming 871 nafarni tashkil qilmoqda. 24 mln 651 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 209 ming 454 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 7 mln 321 ming 465 nafarni tashkil qilmoqda.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 335 kishi virus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 141 ming 776 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 14 ming 318 nafarga oshib, 4 mln 732 ming 309 nafarni tashkil qilmoqda. Aholi soni 211 mlndan oshgan Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo’yicha AQSh va Hindistondan keyingi 3-davlatga aylandi.

Meksikada COVID-19 qurbonlarining umumiy soni 76 ming 430 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 73 ming 317 nafarni tashkil qilmoqda.

Sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari Hugo Lopez-Gatell mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlarning sonini aniqlash uchun bir necha yil vaqt kerakligini ma’lum qildi. Aholi soni 129 mlndan oshgan Meksikada qurbonlar soni sentyabr oyi o’rtalarida kunlik 500dan pasaygan bo’lsa-da, qaydga olinmagan o’lim holatlari tufayli qurbonlar sonining yana ham ko’proq ekanligi haqida shubha uyg’otmoqda.

Avstraliyada so’nggi bir kunda 3 kishining vafot etishi bilan, qurbonlar soni 875 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlar soni 27 ming 44 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 41 988 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 434 mingdan oshdi.

Ba’zi davlatlarda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni quyidagicha;

Italiya (35 835), Peru (32 262), Fransiya (31 727), Ispaniya (31 232), Kolumbiya (25 488), Argentina (15 749), Chili (12 641), Ekvator ( 11 279).


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar