Afg’onistonda Tolibon jangarilari hujumida 98 kishi halok bo'ldi

Ichki ishlar vazirligi xodimi Tarik Aryan ma’lum qilishicha, jangarilar so’nggi ikki hafta ichida mamlakatning 24 viloyatiga ketma-ket hujum sodir etgan. Hujumlarda jami 98 kishi halok bo’lgan, 230 nafar tinch aholi vakili jarohatlangan.

1495232
Afg’onistonda Tolibon jangarilari hujumida 98 kishi halok bo'ldi

 

Afg’onistonda ikki hafta ichida Tolibon jangarilari tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakatlarida 98 kishi halok bo’ldi.

Ichki ishlar vazirligi xodimi Tarik Aryan ma’lum qilishicha, jangarilar so’nggi ikki hafta ichida mamlakatning 24 viloyatiga ketma-ket hujum sodir etgan. Hujumlarda jami 98 kishi halok bo’lgan, 230 nafar tinch aholi vakili jarohatlangan. Qurbonlarning ko’pchiligi Taxor va Nangarxor viloyatlaridan ekanligi aniqlandi.

Tolibon harakati mavzuga doir biron izoh bildirmadi.


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar