Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 950 mingdan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 950 ming 821 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 30 mln 367 mingdan oshdi. 22 mln 52 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1493171
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 950 mingdan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 950 ming 821 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 30 mln 367 mingdan oshdi. 22 mln 52 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 202 ming 213 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 6 mln 874 mingni tashkil qilmoqda.

Prezident Donald Tramp COVID-19ga qarshi vaksina shu yilning oktyabr oyi o’rtalarida tayyor bo’lishini ma’lum qildi. Vitse-prezident Mayk Pens COVID-19ga qarshi vaksinadan ikkilanmasdan foydalanishini bildirdi.

Nyu-Yorkda maktablarning ochilishi yana keyinga qoldirildi. Nyu-York hokimi Bill de Blasio ma’lum qilishicha, 29 sentyabrda boshlang’ich maktablar, 1 oktyabrda esa o’rta maktab va litseylar o’z faoliyatini boshlaydi.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 829 kishi virus qurboniga aylandi. Shu bilan virus qurbonlarining umumiy soni 135 ming 31 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 4 mln 457 mingni tashkil qilmoqda. Aholi soni 211 mlndan oshgan Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo’yicha AQSh va Hindistondan keyingi 3-davlatga aylandi.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 201 kishi vafot etdi. Mamlakatda virus qurbonlarining umumiy soni 72 ming 179 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 3182 kishiga oshib, ularning umumiy soni 684 113 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniyada so’nggi bir haftada COVID-19 tufayli 419 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 30 ming 405 nafarga yetdi. Sog’liqni saqlash vazirligi so’nggi bir kunda koronavirusga chalinish bilan bog’liq 11291ta yangi holat aniqlanganligini ma’lum qildi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 625 ming 651 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniyaning Madrid shahrida koronavirus tarqalish darajasi takror avj oldi. Shaharning asosan migrantlar yashaydigan mahallalarida virus tarqalganligi kuzatilmoqda.

Germaniyada COVID-19 tufayli 9371 kishi vafot etdi. Virusga chalinganlar soni 265 ming 857 nafarni tashkil qilmoqda. Germaniya Avstriya, Vengriya, Niderlandiya va Fransiyaning ba’zi hududlarini xavfli hududlar ro’yxatiga oldi.

Portugaliyada so’nggi bir kunda 10 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 770ta yangi holat qayd etildi. Portugaliyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1888 nafarni, kasallanganlar soni 66 ming 396 nafarni tashkil qilmoqda.

Avstraliyaning Viktoriya shtatida 5 kishi koronavirusdan vafot etdi. Mamlakat bo’ylab qurbonlar soni 837 nafarni tashkil qilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar