Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 945 mingdan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 945 ming 170 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 30 mln 42 mingdan oshdi. 21 mln 808 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1492220
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 945 mingdan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 945 ming 170 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 30 mln 42 mingdan oshdi. 21 mln 808 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 201 ming 348 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 6 mln 828 ming 301 nafarni tashkil qilmoqda.

Prezident Donald Tramp COVID-19ga qarshi vaksina shu yilning oktyabr oyi o’rtalarida tayyor bo’lishini ma’lum qildi. Vitse-prezident Mayk Pens COVID-19ga qarshi vaksinadan ikkilanmasdan foydalanishini bildirdi.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 987 kishi virus qurboniga aylandi. Shu bilan virus qurbonlarining umumiy soni 134 ming 106 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 4 mln 419 ming 83 nafarni tashkil qilmoqda. Aholi soni 211 mlndan oshgan Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo’yicha AQSh va Hindistondan keyingi 3-davlatga aylandi.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 300 kishi vafot etdi. Mamlakatda virus qurbonlarining umumiy soni 71 ming 978 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 4444 kishiga oshib, ularning umumiy soni 680 931 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 41 684 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 378 ming 219 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakat bo’ylab magazinlar, savdo markazlari, marketlar va ommaviy transport vositalarida niqob taqish majburiy bo’ldi. Bunga amal qilmaganlar 100 paunt jarima to’laydi. Britaniya bosh vaziri Boris Jonson COVID-19ning ikkinchi to’lqini tufayli joriy etiladigan ommaviy karantin mamlakat uchun moddiy jihatdan falokat olib kelishini ma’lum qildi.

Fransiyada pandemiya tufayli so’nggi bir kunda 46 kishi vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virusdan vafot etganlarning umumiy soni 31 ming 45 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni 404 ming 888 nafarni tashkil qilmoqda. Fransiya ta’lim vaziri ma’lum qilishicha, o’quvchilar orasida koronavirus keng tarqalganligi sababli mamlakat bo’ylab 81ta maktab karantinga olingan.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar