Fransiya terror tashkilotiga a’zo shaxsni Turkiyaga deportatsiya qildi

Turk millatiga mansub bo’lgan Mehmet Yalchin bir necha marotaba Fransiyadan boshpana talab qilgan, biroq uning murojaatlari qabul qilinmagandi. U anchadan buyon Turkiyada qidirilayotgandi.

1492157
Fransiya terror tashkilotiga a’zo shaxsni Turkiyaga deportatsiya qildi

 

Fransiya terror tashkiloti PKKga a’zo shaxsni Turkiyaga deportatsiya qildi.

2006 yili noqonuniy yo’llar bilan Fransiyaga qochishga muvaffaq bo’lgan terror tashkiloti a’zosi Mehmet Yalchin o’tgan yili Parij oliy sudi tomonidan terror tashkilotining qo’poruvchilik faoliyatlarida ishtirok etish va ularni moddiy ta’minlab turganlikda ayblanib, 2 yil qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Turk millatiga mansub bo’lgan Mehmet Yalchin bir necha marotaba Fransiyadan boshpana talab qilgan, biroq uning murojaatlari qabul qilinmagandi.

U anchadan buyon Turkiyada qidirilayotgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #deportatsiya , #Turkiya , #Fransiya

Aloqador xabarlar