Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 939 ming 200 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 30 mlnga yaqinlashdi. 21 mln 444 ming 720 nafar bemor sog’aydi.

1491628
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30 mlnga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 939 ming 200 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 30 mlnga yaqinlashdi. 21 mln 444 ming 720 nafar bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 200 ming 197 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 6 mln 788 ming 147 nafarni tashkil qilmoqda.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda virus qurbonlarining umumiy soni 133 ming 207 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 4 mln 384 ming 299 nafarni tashkil qilmoqda. Aholi soni 211 mlndan oshgan Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo’yicha AQSh va Hindistondan keyingi 3-davlatga aylandi.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 629 kishi vafot etdi. Mamlakatda virus qurbonlarining umumiy soni 71 ming 678 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 4771 kishiga oshib, ularning umumiy soni 676 487 nafarni tashkil qilmoqda.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 35 633 nafarga yetdi. Virusdan kasallanganlarning umumiy soni 289 ming 990 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada pandemiya tufayli so’nggi bir kunda 49 kishi vafot etdi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlarning umumiy soni 30 999 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni 395 ming 104 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniyada so’nggi bir haftada COVID-19 tufayli 303 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’lgan koronavirus qurbonlarining umumiy soni 30 ming 4 nafarga yetdi. Sog’liqni saqlash vazirligi so’nggi bir kunda koronavirusga chalinish bilan bog’liq 9437 ta yangi holat aniqlanganligini ma’lum qildi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 603 ming 167 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniyaning Madrid shahrida tibbiyot xodimlari mehnat sharoitining yaxshilanishi talabi bilan namoyish o’tkazmoqda. Bask hududida esa o’qituvchilar va maktab xodimlari ish tashlash e’lon qildi.

Portugaliyada so’nggi bir kunda 4 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 425ta yangi holat qayd etildi. Portugaliyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1875 nafarni, kasallanganlar soni 65 ming 21 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar