Isroil BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni yaxshilash haqidagi kelishuvlarni imzoladi

Kelishuvlarni imzolash marosimi Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp mezbonligida bo‘lib o‘tdi.

1491529
Isroil BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni yaxshilash haqidagi kelishuvlarni imzoladi

 

Isroil, BAA va Bahrayn o’rtasida o‘zaro munosabatlarni yaxshilash haqidagi kelishuvlar imzolandi.

Kelishuvlarni imzolash marosimi Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp mezbonligida bo‘lib o‘tdi.  

Marosimda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, BAA tashqi ishlar vaziri shayx Abdulloh bin Zoid Ol Nahayon va Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdul Latif az-Zayoniy ishtirok etdi.

Ular mehmonlar huzurida o‘z davlatlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni yaxshilash haqidagi kelishuvlarni imzoladilar.

Ushbu hujjat uch versiyada – ingliz, arab va ivrit tillarida tuzilgan. Tramp hujjatning inglizcha versiyasini imzolagan.

Bundan tashqari, barcha 4 ta davlat vakillari BAA va Isroil o‘rtasida AQSh vositachiligida munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan “Avraam kelishuvi” nusxalarini ham imzolashgan.

Tramp marosimda so’zlagan nutqida barcha ishtirokchilar va mehmonlarga minnatdorlik bildirib, “Bugun tarixning yo’nalishini o’zgartirish uchun shu yerda to’planib turibmiz. Yillardir davom etayotgan bo’linish va to’qnashuvlardan keyin Yaqin Sharq mintaqasida tinchlik uchun yangi davrga asos solyabmiz”,-dedi.

Tramp Isroil, Bahrayn va BAA o’rtasida kelishuvlarni imzolash jarayoni faqat bir oy ichida yo’lga qo’yilganligini ma’lum qildi.

Tramp boshqa davlatlar ham Isroil bilan tinchlik kelishuvlari imzolashini bildirib, “Isroil, BAA va Bahrayn o’zaro elchilarini tayinlaydilar. Shuningdek, turizm, savdo, salomatlik, xavfsizlik va boshqa barcha sohalar bo’yicha hamkorlik faoliyatlarini yo’lga qo’yadilar”,-dedi.

Tramp uchala davlatni o’zaro do’st davlatlar deb atadi.

“Avraam kelishuvi butun dunyodagi musulmonlarga Isroildagi muqaddas maskanlarni ziyorat qilish va Masjid-i Al-Aqsoda tinch-totuv ibodat qilish imkoniyatini beradi”,-deb aytgan Tramp.

Tramp bu kelishuvlar  butun Yaqin Sharq mintaqasida tinchlik uchun asos bo‘lib xizmat qilishini, avval buning imkoni bo’lmaganini ilgari surib, “Yahudiy va arablar dushman ekanligi va Masjid-i Al-Aqso hujum  ostida ekanligi haqidagi turli yolg’onlar avloddan-avlodga yetkazilib kelindi. Bu esa mintaqada terrorizm va zo’ravonlik avj olishiga olib keldi. Mazkur kelishuvlar mintaqa xalqlarini bu yolg’ondan qutqaradi”,-dedi.

Bugungi kunda Yaqin sharq davlatlari urushni emas, balki tinchlikni afzal ko’rganligini aytgan Tramp: “Bu davlatlar arablar, yahudiylar, musulmonlar va hristianlar hamjihatlikda tinch-totuv yashaydigan, erkin ibodat qiladigan porloq kelajak sari qadam tashlamoqdalar”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, Isroil bilan yana besh yoki olti davlat o’zaro munosabatlarini yaxshilash haqida kelishuv imzolashi mumkin.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp 13 avgustda Isroil bilan BAA, 11 sentyabrda esa Isroil bilan Bahrayn o‘zaro munosabatlarni yaxshilash to’g’risida kelishuv imzolaganligini ma’lum qilgandi.

Misr (1979-yil) va Iordaniyadan (1994-yil) so’ng, Isroil bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash haqida kelishuv imzolagan uchinchi davlat BAA, to’rtinchi davlat Bahrayn bo’ldi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #kelishuv , #AQSh , #Bahrayn , #BAA , #Isroil

Aloqador xabarlar