Borrel: “Turkiya bilan zidlasish orqali muammolarning hal qilinmasligi aniq.”

Borrel, Yevropa parlamentida Sharqiy O‘rta yer dengizi va Turkiya ham doxil tashqi aloqalar masalasidagi yig‘ilishda nutq so‘zladi.

1491119
Borrel: “Turkiya bilan zidlasish orqali muammolarning hal qilinmasligi aniq.”

Yevropa ittifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati Oliy vakili Josep Borrel, Turkiya bilan zidlashishlik Yevropa ittifoqi – Turkiya munosabatlaridagi muammolarni hal qilmasligi, shu bois ham uni muloqat va muzokara yo‘li orqali hal qilinishi kerakligini qayd etdi.

Borrel, Yevropa parlamentida Sharqiy O‘rta yer dengizi va Turkiya ham doxil tashqi aloqalar masalasidagi yig‘ilishda nutq so‘zladi.

Unda Sharqiy O‘rta yer dengizidagi taranglikni hal qilish uchun yoz oylarida harakat qilinganini eslatib o‘tgan Borrel, bundan ham ko‘proq harakat qilinishi lozimligini bildirdi.

Borrel, “Oruch Reis” kemasining Antaliya portiga qaytishini “to‘g‘ri tashlangan qadam” deb baholagan holda,

“Bu ham bizga muloqat uchun yana – da ko‘proq qadam tashlash imkoni borligidan xabar bermoqda. Buni harbiy yo‘llardan emas, muloqat va muzokara orqali hal qilamiz.” dedi.

Borrell, 

“Turkiya bilan zidlashish orqali muammolarning hal qilinmasligi aniq. Buni xohlamaymiz. Turkiya Yevropa ittifoqining muhim qo‘shnisidir. Gegrafik hududni o‘zgartira olmas ekanmiz unda qo‘shni bo‘lishni davom etamiz. Turkiya shu bilan birga migratsiya doxil bir necha masalada muhim sherik. Masalan, migratsiya oqimlarini Turkiyaning yordamisiz hal qilishning qanchalik murakkab ekanligini bilamiz. Turkiya shu bilan birga Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lishga nomzod o‘lkadir.” dedi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yevropa Ittifoqi , #Josep Borrel

Aloqador xabarlar