Afrinda uyushtirilgan bombali hujumda 9 kishi vafot etdi

Afrinda YPG/ PKK terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan bombali hujumda 9 kishi vafot etdi.

1490804
Afrinda uyushtirilgan bombali hujumda 9 kishi vafot etdi

Suriyaning shimolida, muxolafat guruh nazorati ostidagi Afrin tumanida bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan terror hujmida 9 kishi vafot etdi.

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Zaytun novdasi amaliyoti orqali terror tashkilotidan qutqarilgan Afrin tuman markazida, yuk tashuvchi mashinalardan biriga joylashtirilgan bomba portlatildi.

Terror hujmida ilk aniqlashlarga ko‘ra 9 kishi vafot etdi, vafot etganlardan tashqari 43 kishi tan jarohati oldi.

Xavfsizlik kuchlariga oid manbaalarning qayd etishicha, terrordan qutqarilgan mintaqalardagi bombali hujumlar YPG/ PKK terror tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda lekin tashkilot tinch aholiga ziyon bergani uchun buning javobgarchiligini bo‘yniga olishdan qochmoqda.

YPG/ PKK ga a’zo terroristlar, Turkiya bilan Rossiya o‘rtasida 2019 – yilning 22 – oktabridagi kelishuv asosida tark etishi kerak bo‘lgan Tel – Rifat tumanidan tez – tez Bob, Azez, Jarablus va Afrinni nishonga olgan hujumlar uyushtirmoqda.



Aloqador xabarlar