JSST, mart oyidan beri 180 vaksinadan 35 tasining inson ustida sinab ko‘rilganini ma’lum qildi

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti, mart oyidan beri 180 vaksinadan 35 tasining inson ustida sinab ko‘rilganini ma’lum qildi

1488687
JSST, mart oyidan beri 180 vaksinadan 35 tasining inson ustida sinab ko‘rilganini ma’lum qildi

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi dunyo bo‘ylab 180 vaksinadan 35 tasining inson ustida sinab ko‘rilganini ma’lum qildi.

Bosh direktor Dr. Tedros Adhanom Ghebreyesus, tashkilotning Shveytsariyaning Jeneva shahridagi markazida, videomuloqat orqali uyushtirilgan yig‘ilishda, Covid – 19 ga chalingan bemorlar dardiga darmon bo‘lish maqsadida, mart oyidan beri “Birdamlik sinovi” dasturi boshlatilganini yodga soldi.  

Ghebreyesus, dunyodagi Covid – 19 vaksina ishlab chiqarish faoliyatlari haqida esa “Bugungacha 180 vaksina ishlab chiqarish arafasida. Ulardan 35 tasi insonlar ustida sinab ko‘rilmoqda.” dedi.

JSST ilmiy kengash nomidan bosh mutaxassis Dr. Soumya Swaminathan esa,

“Iyul oyida bir necha sinov boshladi. Shu bois yilning yakunigacha vaqtinchalik bo‘lsa ham ba’zi natijalar ola boshlashimiz mumkin.” dedi.

Swaminathan, bir vaksinaning bozorga chiqarilishidan oldin kamida 6 oy, xavfsizlik nazoratlari yuritilishi kerakligini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #JSST , #vaksina , #Covid-19

Aloqador xabarlar