Ertaga Dohada Afg’oniston hukumati bilan Tolibon o’rtasida tinchlik muzokaralari boshlanadi

Afg'onistondagi turli partiya vakillari va siyosatchilardan iborat bo’lgan 21 kishilik delegatsiya bugun Qatarga jo’nab ketadi.

1488970
Ertaga Dohada Afg’oniston hukumati bilan Tolibon o’rtasida tinchlik muzokaralari boshlanadi

 

Ertaga 12 sentyabr kuni Qatar poytaxti Dohada Afg’oniston hukumati bilan Tolibon o’rtasida tinchlik muzokaralari boshlanadi.

Muzokaralarda mamlakatda hukm surayotgan notinchlikka barham berish maqsad qilingan.

Muzokaralarda Afg’oniston hukumati delegatsiyasiga Afg’oniston razvedkasining sobiq rahbari Masum Stanikzey yetakchilik qiladi.

Shu maqsad bilan Afg'onistondagi turli partiya vakillari va siyosatchilardan iborat bo’lgan 21 kishilik delegatsiya bugun Qatarga jo’nab ketadi.

Muzokaralarning ochilish marosimida Afg’oniston milliy kelishuv kengashi rahbari Abdulloh Abdulloh, tashqi ishlar vaziri vakili Xanif Atmar, tinchlik masalalaridan mas’ul davlat vaziri Soyad Saodat Mansur Nodiriy va prezidentning tinchlik muzokaralari bo’yicha maxsus vakili Abdul Salom Rahimiy ishtirok etadi.

Ertaga boshlanadigan muzokaralarning birinchi kunida keyingi muzokaralarda muhokama qilinadigan mavzular, shuningdek muzokara shartlari va ikki tomondan ham maxsus qo’shma kotiblik tayinlash masalasi ko’rib chiqiladi.

Muzokaralarda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatma: Joriy yilning 29 fevral kuni Qatar poytaxti Dohada Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" harakati o‘rtasida tinchlik sulhi imzolangandi.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar