Isroil va BAA o’rtasida munosabatlarni yaxshilash to’g’risidagi kelishuv AQShda imzolanadi

Hujjatni imzolashga bag’ishlangan tantanali marosim Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

1487534
Isroil va BAA o’rtasida munosabatlarni yaxshilash to’g’risidagi kelishuv AQShda imzolanadi

 

Isroil va BAA o’rtasida munosabatlarni yaxshilash to’g’risidagi kelishuv 15 sentyabrda AQShda imzolanadi.

Hujjatni imzolashga bag’ishlangan tantanali marosim Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Oq uyning yuqori lavozimli vakillaridan biri ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, Isroil delegatsiyasiga bosh vazir Binyamin Netanyaxu, BAA delegatsiyasiga esa tashqi ishlar vaziri Abdulloh bin Zoid Al Nahyon boshchilik qiladi. 

AQSh prezidenti Donald Tramp 13 avgustda Isroil va BAA barcha sohalar bo’yicha munosabatlarini yaxshilashga kelishib olganligini ma’lum qilgandi.

Qayd qilish joizki, BAA shu paytgacha Isroil davlatini  tan olmasdan kelayotgandi. Shu tufayli, har ikkala mamlakat o‘rtasida diplomatik va iqtisodiy munosabatlar bo‘lmagan.  BAA Misr (1979-yil) va Iordaniyadan (1994-yil) keyin Isroil bilan munosabatlarini yaxshilashga qaror bergan uchinchi davlatga aylandi.

Kelishuvga ko‘ra, Isroil Iordan daryosining butun g‘arbiy sohili ustidan suverenitetini e'lon qilmaydi hamda musulmonlarga Al-Qudsdagi muqaddas qadamjolarga tashrif buyurishga ruxsat beriladi.

 


Tanlangan kalimalar: #kelishuv , #BAA , #Isroil , #AQSh

Aloqador xabarlar