DMUU, Norvegiyadagi bir guruh tomonidan Qur’on kitobining yirtilishini qoraladi

Dunyo musulmon ulamolari uyushmasi, Norvegiyadagi bir guruh tomonidan Qur’on kitobining yirtilishini qoraladi.

1482895
DMUU, Norvegiyadagi bir guruh tomonidan Qur’on kitobining yirtilishini qoraladi

Dunyo musulmon ulamolari uyushmasi Bosh kotibi Ali Muhyiddin Qoradog‘iy Norvegiya poytaxti Osloda islom diniga qarshi o‘ta ong qanot ko‘z qarashdagi bir guruhning Qur’on – i Karimni yirtishini qoralagan holda voqeani, “terrorni gijgijlash va muqaddaslarni kamsitish” deb baholadi.

Qoradog‘iy mavzu haqida facebook hisobi orqali qoldirgan postida,

“Qur’on – i Karimning radikal ko‘z qarashdagi norvegiyalik biri tomonidan yirtilishi va uning kamsitilishi Qur’on – i Karimning inson tomonidan yaratilmaganining isbotidir. Agar kuchini insonlardan olgan kitob bo‘lganida edi (bugungacha) yo‘qolib ketgan bo‘lardi. Lekin u, insonlarning Robbi Olloxtan keldi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.   

“Qur’on – i Karimga qilingan hurmatsizlikning, muqaddas kitobga emas qilgan kishiga ziyon yetkazishini” ta’kidlagan Qoradog‘iy bu voqeaga qarshi berila turgan ilk javobning Qur’on tushunchasi asosida islomiy kollektiv hamfikrlik tashkil etish ekanligiga e’tibor qaratdi.

Norvegiya yetakchligidan voqeaning aybdorini, , “terrorni gijgijlash va muqaddaslarni kamsitish” masalasi ustidan javobga tortishini talab qilgan Qoradog‘iy, musulmonlarni ham islom tashkilotlariga bundan ham ko‘proq amal qilishga, esktremizmga esa javob bermaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz,

Norvegiya poytaxti Osloda islom diniga qarshi o‘ta ong qanot ko‘z qarashdagi bir guruh tomonidan tunov kuni parlament oldida uyushtirilgan harakatlar oqibatida Qur’on – i Karim yirtildi.

 



Aloqador xabarlar