Suriyadagi portlashda rus general-mayor halok bo'ldi

Ma'lumotga ko'ra, Suriyaning Deyr-Zor viloyatidan qaytayotgan rus kolonnasi o'tib ketayotgan paytda yo'l chetidagi qo'lbola bomba portlagan.

1475361
Suriyadagi portlashda rus general-mayor halok bo'ldi

 

Suriyada qo'lbola bombaning portlashi oqibatida Rossiya armiyasiga tegishli general-mayor halok bo'ldi, ikki harbiy jarohatlandi.

Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi bayonot berdi.

"General-mayor maqomiga ega rus harbiy Suriyada og'ir jarohatlanishi oqibatida halok bo'ldi",-deyiladi bayonotda.

Ma'lumotga ko'ra, Suriyaning Deyr-Zor viloyatidan qaytayotgan rus kolonnasi o'tib ketayotgan paytda yo'l chetidagi qo'lbola bomba portlagan. Dastavval portlashda uch harbiy jarohat olgan. Ulardan birining ahvoli o'ta og'ir bo'lgan va u ko'p o'tmay vafot etgan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #general-mayor , #Rossiya , #Suriya

Aloqador xabarlar