Ispaniyaning sobiq qiroli vatanini tark etishga qaror qildi

82 yoshdagi sobiq qirol ushbu qarori haqida o‘z o‘g‘li, amaldagi qirol Felipe VI’ga maktub orqali xabar qilgan.

1466923
Ispaniyaning sobiq qiroli vatanini tark etishga qaror qildi

 

Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlos moliyaviy mojarolar tufayli vatanini tark etishga qaror qildi.

Ispaniya qiroliyati tomonidan berilgan ma’lumotga ko'ra, 82 yoshdagi sobiq qirol ushbu qarori haqida o‘z o‘g‘li, amaldagi qirol Felipe VI’ga maktub orqali xabar qilgan. Qirollik devonxonasida Xuan Karlos aynan qaysi davlatga va qachon ketishiga aniqlik kiritilmagan. Biroq, kerak bo’lgan taqdirda o’zi haqidagi iddaolar bo’yicha ifoda berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Korrupsiyaga aralashganlikda ayblanganligi tufayli qiyin kunlarni boshidan o’tkazgan Ispaniya qirollik xonadoni Makka va Madina o‘rtasida tezkor temir yo‘l qurish shartnomasi bo’yicha tender bilan bog’liq pora olganlikda ayblangan Xuan Karlosga davlat tomonidan berilayotgan oylikni bekor qilgandi.

2014 yilda taxtni og’li Felipe VI’ga topshirgan Karlos hamon qirol unvoniga ega bo’lib, davlat byudjetidan yilda 198 845 yevro oylik olayotgandi.

Xozirda  Xuan Karlosga nisbatan Ispaniya va Shveytsariyada korrupsiyaga qarshi tergovlar olib borilmoqda. Bir yil avval Ispaniya oliy sudi sobiq qirolga nisbatan tergov boshlagan.

Xuan Karlos 2008 yilda Saudiya Arabistonining sobiq podshohi Abdullohdan 76 mln yevro olganlikda gumon qilina boshlangan. Hozirda prokuratura bu to‘lovlar Makka va Madina o‘rtasida tez yurar poyezd uchun temir yo‘l qurish shartnomasi bilan bog‘liqligi yoki yo‘qligini tekshirmoqda.  

Ispaniya qirollik saroyi amaldagi qirol Felipe VI otasi bilan bog‘liq moliyaviy firibgarliklardan xabari borligini rad etgan. 

 


Tanlangan kalimalar: #Korrupsiya , #Xuan Karlos , #Ispaniya

Aloqador xabarlar