Afg’onistonda Qurbon hayiti arafasida sodir etilgan portlashlarda 20 kishi halok bo'ldi

Tolibon jangarilari tomonidan hayit kunlari sodir etilgan portlashlarda 20 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 40 kishi jarohatlandi.

1466895
Afg’onistonda Qurbon hayiti arafasida sodir etilgan portlashlarda 20 kishi halok bo'ldi

 

Afg’onistonda Qurbon hayiti arafasida sodir etilgan terrorchilik harakatlarida 20 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi.

Bu haqda Afg’oniston ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Tolibon jangarilari tomonidan hayit kunlari sodir etilgan portlashlarda 40 kishi jarohatlangan.

Ichki ishlar vazirligi xodimi Tarik Aryanning ta’kidlashicha, jangarilar muborak Qurbon hayitiga qaramay, turli portlashlar va qurolli hujumlar sodir etishdi. Tolibon bergan va’dasini bajarmadi.

Tolibon harakati esa, buni tan olmadi va Afg‘oniston hukumati bilan Tolibon o’rtasidagi hayit munosabati bilan 3 kunga o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga amal qilganligini ilgari surdi.

Ushbu hujumlar Qurbon hayiti nishonlanishi vaqtida sodir etilgan.

Avvalroq, Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati Qurbon hayiti munosabati bilan 3 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgandi. 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbon hayiti , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar