Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 18.5 mlnga yetdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 698 243 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 18 mln 479 000dan oshdi. 11 mln 705 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1466688
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 18.5 mlnga yetdi
Süper Covid.jpg
Süper Covid-19.jpg
süper covid19.jpg

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 698 243 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 18 mln 479 000dan oshdi. 11 mln 705 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 158 931 nafarni tashkil qilmoqda. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 4 mln 862 ming 285 nafarga yetdi. Prezident Donald Trampning ta’kidlashicha, mamlakatning ba’zi hududlarida virus tarqalishi davom etmoqda.

“Amerikaliklar shuni bilsinki, to’xtovsiz karantin biz xohlagan natijaga olib kelmasligi mumkin. Buning zarari foydasidan ko’proq”,-deb aytgan Donald Tramp.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda so’nggi bir kunda 561 kishi virus qurboniga aylandi. Shu bilan ularning umumiy soni 94 ming 665 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 2 mln 750 ming 318 nafarni tashkil qilmoqda.

Meksikada virus qurbonlarining umumiy soni 48 000dan oshdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 443 813 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 46 210 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 305 ming 623 nafarga yetdi.

Fransiyada pandemiya tufayli so’nggi uch kunda 29 kishi vafot etdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 30 294 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni bir sutkada 556 kishiga oshib, ularning umumiy soni 218 ming 12 nafarni tashkil qilmoqda.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni so’nggi bir sutkada 12 nafarga oshib, ularning umumiy soni 35 166 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 159ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlarning umumiy soni 250 ming atrofida. Ulardan 12 474 nafari og’ir ahvolda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar