Imron Xon:"Eron va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi adovat mintaqani falokatga yetaklaydi"

Pokiston bosh vaziri Imron Xon Eron va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi mojarolarni “mintaqa uchun eng yomon stenariya” deb baholadi.

1466612
Imron Xon:"Eron va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi adovat mintaqani falokatga yetaklaydi"

 

 

Pokiston bosh vaziri Imron Xon Eron va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi mojarolarni “mintaqa uchun eng yomon stenariya” deb baholadi.

Imron Xon Al-Jazira televideniyesida Pokistonning Yaqin sharq siyosati haqida gapirdi.

“Mintaqadagi eng dahshatli ehtimoliy stenariyalardan biri Eron va Saudiya Arabistoni o’rtasida urush boshlanishidir”,-deb aytgan Pokiston bosh vaziri.

Uning ta’kidlashicha, Pokiston bu urushni oldini olishga harakat qilib keladi.

“Tehron va Ar-Riyod o’rtasida o’rtamchilik qilyabmiz, biroq bu juda sekin ketmoqda”,-deb aytgan Pokiston bosh vaziri.

U Hindistonda musulmonlarga nisbatan ko’rsatilayotgan salbiy munosabatga ham to’xtalib, “Hindistonda musulmonlarga ko’rsatilayotgan zulm Germaniyada fashistlarning yahudiylarga o’tkazgan zulmiga o’xshaydi”,-dedi.

Pokiston Yamanda tinchlik o’rnatishga harakat qilganligini ta’kidlagan Imron Xon u yerda ro’y berayotgan hodisalarni “gumanitar inqiroz” deb baholadi.

Turkiya va Pokiston munosabatlariga ham to’xtalgan Imron Xon: “Turkiya bilan iqtisodiy hamkorligimizni yana-da rivojlantirgan holda, munosabatlarimizni mustahkamlashni xohlaymiz”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Saudiya Arabistoni , #Pokiston

Aloqador xabarlar