Bayrutdagi portlashda qurbonlar soni 25 nafarga yetdi

Portlash oqibatida Rossiya elchixonasi zarar ko‘rgani, Qozog‘iston elchisi Yerzxan Kalekenov yengil jarohat olgani ham aytilgan.

1467075
Bayrutdagi portlashda qurbonlar soni 25 nafarga yetdi

 

Livan poytaxti Bayrutdagi portlashda qurbonlar soni 25 nafarga yetdi, jarohatlanganlar soni 2200 nafarni tashkil qilmoqda.

Mamlakatning sobiq bosh vaziri Saad al-Haririyning uyi va atrofdagi binolar zarar ko’rgan. Vayronkor portlash ta’sirida 3 qavatli bino qulab tushgan. Vayronalar tagida ko’plab insonlar qolib ketgani aytilmoqda.

Portlash oqibatida hukumat binosi ham zarar ko’rgan.

Livan rasmiy xabar agentligi Bayrut portida portlovchi vositalar saqlanayotgan omborda yong’in sodir bo’lganini xabar qildi.

Livan xavfsizlik xizmati rahbari ma’lum qilishicha, portlash sodir bo‘lgan binoda musodara qilingan portlovchi vositalar saqlangan. Ushbu portlash terakt emasligi aytilmoqda.

Portlash oqibatida Rossiya elchixonasi zarar ko‘rgani, Qozog‘iston elchisi Yerzxan Kalekenov yengil jarohat olgani ham aytilgan. Elchixona binosi ham zarar ko’rgani haqida ma’lumot berilgan. Portlash kuchi Bayrutdan 250 kilometr uzoqlikdagi Kipr sohillarigacha sezilgan.

Bu portlashda isroilliklarning qo‘li borligi haqidagi xabarlar Isroil hukumati tomonidan rad etilgan. Isroillik vakillar mahalliy matbuotga bergan intervyusida Isroilning bu voqeaga hech qanday aloqasi yo’qligini, portlash tasodifan sodir bo’lgan fojia bo’lishi mumkinligini ma’lum qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Livan , #Bayrut

Aloqador xabarlar