AQShda 30 mlnga yaqin fuqaro yetarli oziqlanish imkoniyatiga ega emas

AQSh mehnat vazirligi ma’lum qilishicha, birinchi marta ishsizlik maoshiga murojaat qilganlar soni bir haftada 12 ming kishiga oshib, 1 mln 434 mingga yetdi.

1464985
AQShda 30 mlnga yaqin fuqaro yetarli oziqlanish imkoniyatiga ega emas

 

AQShda 30 mlnga yaqin fuqaro yetarli oziqlanish imkoniyatiga ega emas.

Bu haqda AQSh nufuz idorasining 16-21 iyul kunlarini o’z ichiga olgan anketa natijalarida ma’lum bo’lgan.

Anketaga ko’ra, mamlakatda yetarli oziqlana olmagan fuqarolar soni may oyidan e’tiboran eng yuqori ko’rsatgichga erishdi.

23 mln 861 ming fuqaro ba’zan och qolayotgan bo’lsa, 5 mln 423 ming fuqaro uchun bu oddiy holga aylangan.

AQSh mehnat vazirligi ma’lum qilishicha, birinchi marta ishsizlik maoshiga murojaat qilganlar soni bir haftada 12 ming kishiga oshib, 1 mln 434 mingga yetdi.

Natijada, AQShda ishsizlik maoshiga murojaat qilganlar soni COVID-19 pandemiyasining ishchi kuchi bozoriga ta’sir ko’rsatishi oqibatida 14 martdan buyon 54 mlndan oshdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #ishsizlik , #AQSh

Aloqador xabarlar