Yevroosiyo kun tartibi 31 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Rossiyaning Xabarovsk shahrida yuz bergan norozichiliklar haqida so‘z qilamiz.

1464777
Yevroosiyo kun tartibi 31 - qism

2020 – yilning 9 – iyuli kuni Rossiyaning Xabarovsk shahri gubernatori Sergey Furgal, 2004 – 2005 yillari tadbirkorlarning qochirilishi va o‘ldirilishida aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olindi. Buning ortidan mintaqa xalqi 11 – iyul kunidan beri har kuni Furgalni qo‘llab – quvvatlab ruxsatsiz namoyishlar uyushtirmoqda. Namoyishlar, Xabarovskdan tashqari o‘nlab shaharda pandemiyaga qaramay o‘n minglab insonning ishtirokida amalga oshmoqda. Dam olish kunlari namoyishda ishtirok etganlarning umumiy soni 50 – 80 ming nafarga qadar yetdi. Xabarovskdagi bu voqea Rossiya uchun noodatiy deak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bu haqida batafsil so‘z qilmoqchi bo‘ldik.   

Sergey Furgal 2018 – yildagi saylovlarda saylovchilarning 70 foizi tomonidan qo‘llab – quvvatlanib Rossiya Liberal - demokratik partiyasidan Xabarovsk gubernatori deb saylangandi. Furgalning saylanishidan keyin mintaqada bo‘lib o‘tgan umumiy va mahalliy saylovlarda ham huddi mana shu partiya g‘alabani qo‘lga kiritib hukmronlikdagi “Yagona Rossiya” ning mintaqadagi o‘rnini deyarli yo‘q qilib tashladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Eng qizig’i bu voqea faqatgina ikki partiya o‘rtasidagi bahsdangina iborat emasdek ko’rinmoqda.

Gubernator Furgal, vazifasi davomida 2 yil ichida byurokratiyadagi har qanday chiqimlarning kamaytirilishi borasida shaxdam qadamlar tashladi. Shu va shunga o‘xshash tashabbuslari va mintaqa muammolari borasidagi ochiq so‘zligi bilan mahalliy xaqlning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Furgal mahalliy xalqning manfaatini himoya qilgan holda markaziy boshqaruv bilan ham qarama – qarshi bo‘lib qolayotgandi. Masalan, Prezident Putinning 2018 – yilning dekabr oyida Uzoq Sharq federal okrugi markazining Xabarovskdan Vladivostok shahriga ko‘chirishiga Furgal qarshi chiqqandi.

Vladimir Putin 20 – iyul kuni Furgalni o‘z vazifasidan chetlatib, o‘rniga vaqtinchalik Liberal - demokratik partiyasidan Mixail Degtyarevni sayladi. Faqat mintaqa xalqi Moskavadan yuborilgan Degttyarevni qabul qilmadi. Namoyishchilar Furgalning qaytishini, sud ishining Xabarovskda ochiq va odilona ravishda o‘tkazilishini talab qilmoqdalar. Namoyishlarda shuningdek, Putinning iste’fosi ham talab qilinmoqda. Xabarovskdagi namoyishlarga noodatiy tus bergan jihat shundaki, uning uch haftadan beri muhim noqonuniy tashabbuslardan uzoq, sokin ravishda o‘tayotganidir. “Kaptarlarga yem berma”, “avtomobil shaydolarining yurishi” kabi turli qiziq tadbirlar namoyish doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugida yuz bergan bu namoyishlar o‘lkadagi markaz – mintaqa mojarosini takror kun tartibiga olib chiqdi. Rossiyaning mintaqasi, markazning ichki ishlariga ko‘p aralashmasligini va mintaqaning rivojlantirilishi uchun byudjet ajratilishini xohlayapdi. Xabarovsk xalqining bu norozichiligi Rossiyaning boshqa mintaqalariga ham yoyilishi mumkin va kelasi saylovlarda “Yagona Rossiya” ning ovozlarini qo‘ldan boy berishiga yo‘l ochishi mumkin. Ma’lum bo‘lganidek o‘tgan yilidan beri Shimoliy Kavkazda vaqti – vaqti bilan shunga o‘xshash namoyishlar yuz bermoqda. Moskvaning etnik ozchiliklarining avtonom tuzilishlarini katta viloyatlar bilan birlashtirish tashabbuslari ham mahalliy xalqning norozichiligiga yo‘l ochishi mumkin. Qisqasi, bu voqea tashqi siyosatda katta qadam tashlamoqchi bo‘lgan Rossiyaning, ichki dunyosidagi, hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolardan biridir.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Xabarovsk , #Sergey Furgal

Aloqador xabarlar