Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 670 mingdan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 670 540dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 17 mln 203 mingdan oshib ketdi. 10 mln 719 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1464404
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 670 mingdan oshdi
Süper Covid.jpg
Süper Covid-19.jpg
SÜPER FOTO madagaskar koronavirüs

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 670 540dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 17 mln 203 mingdan oshib ketdi. 10 mln 719 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 153 845 nafarni tashkil qilmoqda. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 4 mln 568 ming 375 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda so’nggi bir kunda 1595 kishi virus qurboniga aylandi. Shu bilan ularning umumiy soni 90 ming 134 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 2 mln 552 ming 265 nafarni tashkil qilmoqda. Hukumat mart oyidan buyon yopiq bo’lgan chegaralarni qisman ochishga qaror berdi. Xorijliklarning faqatgina havo yo’li orqali mamlakatga kirishiga ruxsat beriladi. Quruqlik, dengiz va daryo orqali kirish yo’llari avgust oyi oxirigacha ochilmaydi.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 485 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 45 361 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 5752 kishiga oshib, ularning umumiy soni 408 449 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada pandemiya tufayli so’nggi bir kunda 15 kishi vafot etdi. Mamlakatda pandemiya qurbonlarining umumiy soni 30 238 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni 1392 nafarga oshib, ularning umumiy soni 214 ming 733 nafarni tashkil qilmoqda. Sog’liqni saqlash vaziri Olivier Veran fuqarolarni xalqqa ochiq joylarda niqob qilishni maslahat berdi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni so’nggi bir sutkada 6 nafarga oshib, ularning umumiy soni 35 129 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 289ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlarning umumiy soni 246 776 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar