YPG/ PKK, Suriyada qamab olgan yoshlardan yana birini ishkanja bilan o‘ldirdi

YPG/ PKK terror tashkiloti, Suriyada qamab olgan yoshlardan yana birini ishkanja bilan o‘ldirdi.

1464106
YPG/ PKK, Suriyada qamab olgan yoshlardan yana birini ishkanja bilan o‘ldirdi

YPG/ PKK terror tashkiloti Suriyaning sharqidagi Deyrizor tumanida qamab olgan yoshlardan yana birini ishkanja bilan o‘ldirdi.

Tashkilot mamlakatning sharqidagi Deyrizor tumanining shimolidagi Masheh qishlog‘ida Halid Hamad al – Oniy degan o‘spirimni bir hafta oldin, neft og‘irlaganlikda ayblab qamab oldi.

Terroristlar o‘spirimni avval O‘mer neft sohasiga keyin esa Deyrizordagi ishg‘oli ostidagi Kirse qamoqxonasiga olib bordi.

YPG/ PKK terror tashkiloti, ishkanja orqali o‘ldirgan 20 yoshidagi yigitning jasadini o‘limi haqida hech qanday sabab ko‘rsatmay bugun oilasiga topshirdi.

Tashkilot, 20 – iyul kuni ham tovon puli uchun qamab olgan 26 yoshidagi boshqa yigitni ishkanja bilan o‘ldirgandi.

Bu orqali terror tashkiloti oxirgi 10 kunda 2 yigitni ishkanja bilan o‘ldirdi.

Suriyada bosib olgan hududlarda bir tomondan yoshlarni qamab olib qurol ostiga olgan terror tashkiloti YPG/ PKK, bir tomondan norozichilik ovozlarini bostirish yoki tovon puli olish uchun aslsiz ayblovlar bilan tinch aholini qamab olmoqda.  

 



Aloqador xabarlar