Yevropaga otlangan migrantlar tirik qolish umidida yordam kutmoqda

Dengiz osha Afrikadan Yevropaga otlangan 95 nafar migrant 30 soatdan ortiq vaqtdir qutqarilishni kutmoqda.

1462629
Yevropaga otlangan migrantlar tirik qolish umidida yordam kutmoqda

 

Dengiz osha Afrikadan Yevropaga otlangan 95 nafar migrant 30 soatdan ortiq vaqtdir qutqarilishni kutmoqda.

O’rta yer dengizida migrantlar qatnovi va migrantlardan kelgan yordam chaqirig’ini twitterdan e’lon qilgan "Alarm Phone" sahifasi 33 soat avval 95 nafar migrant shoshilinch yordam so’raganligini ma’lum qildi.

“Bir savdo kemasi hech qanday yordam ko’rsatmasdan uzoqdan vaziyatni kuzatib turibdi. Insonlar yana qachongacha azob chekadi va cho’kish xavfiga uchraydi? Yana qancha vaqt tirik qolishi mumkin?”,-degan ifodalarga o’rin berildi.

BMTning Xalqaro migratsiya bo’yicha tashkilotining Italiyadagi vakolatxonasi xodimi Flavio Di Giacomo ham twitter orqali "Alarm Phone"ning chaqirig’ini e’lon qildi.

“Migrantlar dengizda qutqarilishni kutmoqda. Darhol qutqaruv operatsiyasi tashkil etilishi zarur, ularni shoshilinch qutqarish kerak. Bu qayiqlar xavfli va u sayohat qilishga mos emas. Har on fojia yuz berishi ehtimoldan holi emas”,-deb yozdi Flavio Di Giacomo.

O’rta Yer dengizining Italiya, Malta va Liviya o’rtasida joylashgan hududi oxirgi yillarda Afrikadan Yevropaga ko’chayotgan migrantlarning guzargohidan biriga aylangan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #migratsiya , #migrant , #Yevropa

Aloqador xabarlar