Nigeriyada ro’y bergan qurolli hujumda 10 kishi halok bo’ldi
Kaduna hokimi Nosir Al-Rufai ma’lum qilishicha, shtatda davom etayotgan hujumlar tufayli 24 soat muddatga komendantlik soati joriy etildi.
1461965
Nigeriyaning Kaduna shtatida ro’y bergan qurolli hujumda 10 kishi halok bo’ldi.
Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Kaduna shtatiga qarashli Jema’a va Kaura hududlariga qurollangan bir guruh bosqin uyushtirdi.
Bosqin paytida tinch aholi nishonga olindi. 10 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, yuzlab aholi uy-joyini tashlab qochishga majbur bo’ldi.
Kaduna hokimi Nosir Al-Rufai ma’lum qilishicha, shtatda davom etayotgan hujumlar tufayli 24 soat muddatga komendantlik soati joriy etildi.