Quvayt amiri davolanish uchun AQShga jo’nab ketdi

Xabarga ko’ra, 19 iyulda operatsiya bo’lgan 91 yoshdagi Quvayt amiri as-Sabah AQShda davolanish uchun bugun tongda Vashingtonga parvoz qildi.

1460655
Quvayt amiri davolanish uchun AQShga jo’nab ketdi

 

Quvayt amiri Sabah al-Ahmad al-Jobir as-Sabah davolanish uchun AQShga jo’nab ketdi.

Bu haqda KUNA rasmiy xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 19 iyulda operatsiya bo’lgan 91 yoshdagi Quvayt amiri as-Sabah AQShda davolanish uchun bugun tongda Vashingtonga parvoz qildi.

Quvayt amiri o’tgan shanba kuni ahvoli og’irlashgani sababli shifoxonaga yotkizilgandi.

Ma'lumotga ko'ra, valiahd shaxzoda Nevaf al-Ahmad al-Jobir as-Sabah vaqtinchalik uning vazifasini bajarib turadi.

Quvayt amiri shifoxonaga yotkiizilgandan bir kun o’tib, operatsiya bo’lgandi.

Ta’kidlanishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o’tgan.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Quvayt amiri

Aloqador xabarlar