Suriyaning Azez tumanida terrorchilik harakati sodir etildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlash oqibatida 5 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 85 nafari jarohatlandi.

1457950
Suriyaning Azez tumanida terrorchilik harakati sodir etildi

 

Suriyaning Azez tumanida terrorchilik harakati sodir etildi.

Muxolif kuchlar nazoratida bo’lgan Azez tumaniga qarashli Sijji qishlog’ida terror tashkiloti PKK tomonidan bomba joylashtirilgan mashina portlatildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlash oqibatida 5 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 85 nafari jarohatlandi. Yaradorlar hududdagi shifoxonaga yotkizildi, og’ir ahvolda bo’lganlar esa chegaradan olib o’tilib, Turkiyadagi shifoxonalarga keltirildi.

Xavfsizlik manbalari ma’lum qilishicha, jangarilardan tozalangan hududlarda terrorchilik harakatlari asosan PKK jangarilari tomonidan sodir etilmoqda, biroq bularda aksariyati tinch aholi zarar ko’rgani uchun buni zimmasiga olishdan bosh tortmoqda.

Kecha tongda Afrin tumani markazida Suriya milliy armiyasiga oid mashinaga joylashtirilgan bomba portlagandi, portlashda 13 nafar tinch aholi vakili jarohat olgandi.

Jangarilar 2019 yil 22 oktyabrda Turkiya bilan Rossiya o’rtasida imzolangan kelishuvga binoan, tark etishi zarur bo’lgan Tel Firot tumanidan turib, vaqti-vaqti bilan Bab, Azez, Jarablus va Afrin tumanlarida portlashlar sodir etib kelmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Azez , #portlash , #Suriya

Aloqador xabarlar