Afg’onistonda Tolibon jangarilari hujumida 6 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi

Ma’lumotga ko’ra, mamlakat bo’ylab “Tolibon” terrorchilik harakati tomonidan so’nggi bir oyda 1456ta terrorchilik harakati sodir etilgan bo’lib, unda 129 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan, 291 kishi jarohat olgan.

1457650
Afg’onistonda Tolibon jangarilari hujumida 6 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi

 

Afg’onistonda Tolibon jangarilari bilan sodir bo’lgan otishmalarda 6 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.

Bu haqda Logar xavfsizlik boshqarmasi xodimi Shopur Ahmadzay ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Logar tumaniga qarashli “Qal’a-i Ahmadzay” mahallasida jangarilar bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma ro’y bergan.

Otishmalarda 6 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan, 2 nafari jarohat olgan. Jangarilar ham katta yo’qotishga uchragan.

Ma’lumotga ko’ra, mamlakat bo’ylab “Tolibon” terrorchilik harakati tomonidan so’nggi bir oyda 1456ta terrorchilik harakati sodir etilgan bo’lib, unda 129 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan, 291 kishi jarohat olgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar