YUNISEF Yamanda 9 fuqaro halok bo'lganidan dahshatga tushganini bildirdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (YuNISEF) Yamanning shimolidagi Kevf shahrida 9 tinch fuqaro halok bo'lganidan dahshatga tushganlarini bildirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (YUNISEF) Yamanning shimolidagi Kevf shahrida 9 tinch fuqaro halok bo'lganidan dahshatga tushganlarini bildirdi.
YUNISEFning Yaman vakolatxonasi Twitter-dagi sahifasida,
“Kevf shahrida tinch aholi qurbon bo'lganligi haqida olgan xabarlar bizni dahshatga tushirdi." deya bildirdi.
Bolalar, ayniqsa koronavirusning yangi turida (Kovid-19)dan har doim himoya qilinishi kerakligini ta'kidlab, UNICEF mamlakatdagi urushayotgan tomonlarga zo'ravonlikni tugatishga va tinch aholini himoya qilishga chaqirdi.
Yamandagi Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan hutiylar Saudiya Arabiston boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan mamlakat shimolidagi Kevf viloyatida uyushtirilgan havo hujumida 9 tinch fuqaro, 2 ayol va 7 tinch fuqaro yaralanganini ma'lum qildi.
Uzoq vaqt davomida siyosiy beqarorlik hukm surgan Yamanda, xutiylar 2014 yil sentyabr oyidan beri poytaxt Sana va ba'zi mintaqalarni nazorat qilib kelmoqdalar. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yil mart oyidan beri Xutiylarga qarshi operatsiyalarni olib bormoqda va Yaman hukumatini qo'llab-quvvatlamoqda.
Aloqador xabarlar

Germaniyada musulmonlarga qarshi jinoyatlar soni ortdi
O‘tgan 2024 – yili Germaniyada musulmonlarga qarshi 1554 ta jinoiy harakat qayd etilgan.