Asad rejimi 5 - martdagi kelishuvni paymol qilib, yana hujum uyushtirdi

Asad rejimi 5 - martdagi kelishuvni paymol qilib, yana hujum uyushtirdi. Oqibatida tinch aholidan ikki kishi jon berdi. Jon berganlardan biri yosh bola.

1455302
Asad rejimi 5 - martdagi kelishuvni paymol qilib, yana hujum uyushtirdi

Suriyada Bashar al – Asad rejimi, Idlibdagi taranglikni kamaytirish mintaqasidagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga amal qilmagan holda, tinch aholi turar - joy punktlari va jabha liniyalariga qarshi hujum uyushtirdi. Oqibatida tinch aholidan ikki kishi jon berdi. Jon berganlardan biri yosh bola.

Asad rejimi armiyasi bilan Eron tomonidan qo‘llab – quvvatlangan chet ellik terrorist guruhlardan tashkil topgan rejim kuchlari, (Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan Rossiya poytaxti Moskvada) 5 – mart kuni o‘q uzishni to‘xtatish uchun qo‘l qo‘yilgan kelishuvni paymol qilib, Idlibdagi taranglikni kamaytirish mintaqasidagi Jabal Zaviyadagi qishloqlar bilan Eriha tumaniga qarshi hujumlar uyushtirdi.

Idlibdagi harbiy bo‘lmagan (oq kaskaliklar) mudofaa guruhidan olingan ma’lumotga ko‘ra Asad rejimining Eriha tumaniga qarshi uyushtirgan hujmida ikki kishi jon bergan. Jon berganlardan biri yosh bola.

Harbiy muxoliflarga ko‘ra esa rus urush uchoqlari ham Elbara, Kaferavid, Binin va Lazkiyaning shimolida o‘rin olgan Kibeyna qishloqlariga kamida 10 marotaba havodan hujum qilgan.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #Bashar al - Asad rejimi

Aloqador xabarlar