Suriya shimolida joylashgan Tel Abyad tumanida terrorchilik harakati sodir etildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, voqeada 6 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 7 kishi jarohatlandi. Qurbonlar orasida yosh bolalar ham bor. Yaradorlardan ahvoli og’ir bo’lgan 4 kishi davolanish uchun Turkiyaga olib kelindi.

1450970
Suriya shimolida joylashgan Tel Abyad tumanida terrorchilik harakati sodir etildi

 

 

Turkiya qurolli kuchlari va Suriya milliy armiyasi tomonidan “Tinchlik bulog’i” harbiy amaliyoti natijasida jangarilardan tozalangan Tel Abyad tumanida portlash sodir etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, voqeada 6 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 7 kishi jarohatlandi. Qurbonlar orasida yosh bolalar ham bor. Yaradorlardan ahvoli og’ir bo’lgan 4 kishi davolanish uchun Turkiyaga olib kelindi.

Yengil mashinaga o’rnatilgan bomba vositasida sodir etilgan portlash tufayli atrofdagi uy va ishxonalarda katta talofat yuzaga keldi.

Mahalliy xavfsizlik kuchlarining taxminiga ko’ra, ushbu terrorchilik harakati terror tashkiloti YPG/PKK tomonidan sodir etilgan.

Tumanda xavfsizlik nazorati kuchaytirildi. Shubhali tranportlar birma-bir tekshiruvdan o’tkazilmoqda.

Eslatish joizki, Suriya shimolida joylashgan Tel Abyad tumani 2019 yil oktyabr oyida “Tinchlik bulog’i” harbiy amaliyoti natijasida jangarilardan tozalangandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Tel Abyad , #Suriya

Aloqador xabarlar