Yevroosiyo kun tartibi 27 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari haqida so‘z qilamiz.

1448608
Yevroosiyo kun tartibi 27 - qism

2020 – yilning 24 – iyunida Mo‘g‘ulistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda 13 ta partiya, 4 ta koalitsiya va mustaqil jami 606 nomzod kuch sinashdi. Hukmron Mo‘g‘uliston Xalq partiyasi 76 o‘rinli parlamentga 62 deputat yuborishga muvaffaq bo‘lar ekan, muxolafatdagi Mo‘g‘uliston Demokratik partiyasi faqatgina 11 o‘rinni qo‘lga kiritoldi. Qolgan 3 o‘rinni esa koalitsiyalar bo‘lishib oldi. Roppa – rosa 2 million saylovchi bor mamlakatda saylovchilarning 73 foizi ishtirok etdi. Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan bu saylovlarning bir necha ahamiyatli tomoni bor.  

Avvalom bor Mo‘g‘uliston pandemiya davrida muvaffaqiyatli ravishda saylov o‘tkazishning uddasidan chiqa oldi. Saylovlarning tinch o‘tishi uchun 23 – 25 iyun kunlari Ulan Batorda spirtli ichimliklarning sotilishi man etildi. Saylov kuni poytaxt Ulan Batorda saylov uchun uzun navbatning yuzaga kelishi saylovchilarning pandemiyaga qaramay saylovga qanchalik ahamiyat berganini ko‘rsatmoqda. Saylov markazlarida saylovchilarga niqob va qo‘lqop tarqatildi. Saylov qoidalarining buzilishi haqida ommaviy axborot vositalarida deyarli hech qanday ma’lumot aks etmadi. Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan saylovlar Janubiy Koreyadan keyin pandemiya davrida ham saylov jarayonini muvaffaqiyatli ravishda o‘tkazgan ikkinchi davlat sifatida ko‘rsatilishi mumkin.        

Saylovni g‘alaba bilan yakunlagan Mo‘g‘uliston Xalq partiyasi, parlament saylovlarida ketma – ket yutuqqa erishdi. Bunda ushbu partiyaning pandemiya jarayonidagi mehnatining hissasi katta desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xitoy yonida joylashgan Mo‘g‘uliston Covid – 19 o‘rtaga chiqqan birinchi kundan e’tiboran puhta chora va tadbirlar ko‘rish orqali bugungacha pandemiyaga qarshi kurashda o‘rnak tashkil etdi. Mamlakatda pandemiyaga chalinganlar soni 219 nafar ekan, hozircha o‘lim holati qayd etilmadi.

Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Uhnagiyn Hurelsuh saylovda g‘alabaga erishdi lekin shunga qaramay ishi oson emas. Chunki pandemiya bilan birga paydo bo‘lgan iqtisodiy inqiroz bundan keyingi davrda battar ortadi. Shuningdek, Mo‘g‘uliston Prezidenti Haltmagiyn Battulga Demokratik partiyasi a’zosidir. 26 – iyun kuni Mo‘g‘oliston Prezidenti kelgan talablarga muvofiq ovozlarning takror qo‘l bilan sanalishini xohladi. Faqat har ehtimolga qarshi saylov natijalarida katta o‘zgarish qayd etilmaydi.  

Mo‘g‘ulistondagi saylovlarning yana boshqa bir xususiyati shundaki, Demokratik partiya lideri Sondomzundui Erdena, saylovda mag‘lubiyatga uchrashi ortidan raislik o‘rnini boshatganligi haqida bayonot berdi. 1996 – yili hukmronlik qilgan va mamlakatning oxirgi 25 yilida muhim o‘ringa ega bo‘lgan Mo‘g‘oliston Demokratik partiyasining takror hukmronlik qilish uchun ba’zi siyosatlarini ko‘rib chiqishi kerak.

Oxirgi saylovlarda ayollardan iborat bo‘lgan nomzodlar birdaniga 13 o‘rin qo‘lga kiritgan holda, sonining ko‘pligi jihatidan Mo‘g‘uliston tarixida birinchi marotaba katta yangilikka imzo chekdi. Bundan oldingi saylov natijalarida ayollar soni 11 nafar edi.

Mo‘g‘ulistondagi saylovlarda ba’zi kamchiliklar ham kuzatildi. Pandemiya yuzasidan bu saylovda chet eldagi mamlakat fuqarolari ovoz berolmadi. Pandemiya davom etgudek bo‘lsa saylov o‘tkazadigan davlatlar bu muammoni hal qiladilar.

Saylovlarda yutuqqa erishgan Mo‘g‘uliston Xalq partiyasi o‘z dasturida ijtimoiy davlatga e’tibor qaratdi. Partiya dasturida sog‘likni saqlash tarmog‘i bosh bo‘lish bilan birga fuqarolarga yana da ko‘proq xizmat va qulaylik siyosatining oldingi qatorga chiqqani kuzatildi. Pandemiyaning odam bolasiga taqdim etadigan ortiqchiliklaridan yana biri esa, ijtimoiy davlat tushunchasining ahamiyatining ortishi.


Tanlangan kalimalar: #Mo‘g‘uliston , #saylov , #pandemiya

Aloqador xabarlar