Eronda harbiy transportga qarshi bombali hujum uyushtirildi

Eronning Siston – Balujiston viloyatiga qarashli Zahidan shaharchasida harbiy transportga qarshi bombali hujum uyushtirildi.

1446316
Eronda harbiy transportga qarshi bombali hujum uyushtirildi

Eronning Siston – Balujiston viloyatiga qarashli Zahidan shaharchasida harbiy transportga qarshi bombali hujum uyushtirildi.

Eron davlat telekanalining mahalliy manbaalarga tayangan ma’lumotiga ko‘ra Zahidanga qarashli Korin shaharchasida kecha kechqurun harbiy transportni nishonga olgan bombali hujumda, Inqilobiy kuchlardan bir qo‘mondon bilan bir haydovchining vafot etgani aytilmoqda.

Hujum haqidagi tasvirlarga o‘rin berilgan axborotda, “Mahalliy manbaalar bir harbiy yetakchi bilan bir haydovchining shahid bo‘lganligini qayd etdi. Rasmiy maqomlar esa mavzu haqida hech qanday ma’lumot bermadi.” degan ifodalarga o‘rin berildi. Shuningdek hujumning, “Jayshul adl” tashkiloti tomonidan amalga oshirilganligi aytildi.

Davlat telekanalida berilgan ma’lumot ortidan bayonot bergan Siston – Balujiston shahar hokimi Ali Ahmad Mohebetiy, hujumning yo‘l chetiga joylashtirib qo‘yilgan bomba orqali amalga oshirilganini qayd etdi.

Hujumda jon bergan yoki moddiy jihatdan ziyon ko‘rilmaganini eslatib o‘tgan Mohebetiy,

“Korin mintaqasida Inqilob kuchlari qo‘mondonlaridan biri bilan haydovchining shahid bo‘lganligi haqidagi gaplar faqatgina mish – mishlardangina iboratdir” dedi.

Mohebetiy, hujumning mas’uliyatining “Jayshul adl” tashkiloti tomonidan bo‘yniga olingani va voqea haqida tergov ishlari boshlatilganini qayd etdi.

Eron ommaviy axborot vositasi kecha kechqurun Siston – Balujiston viloyatiga qarashli Korin shaharchasida portlash ovozi eshitilgani haqidagi xabarlarga o‘rin bergandi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #harbiy transport , #bombali hujum

Aloqador xabarlar