Dunyoda 5.5 mlndan ortiq bemor koronavirusdan sog'aydi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 503 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 10 mln 195 mingga yetdi. 5,5 mlndan ortiq bemor sog’aydi.

1445088
Dunyoda 5.5 mlndan ortiq bemor koronavirusdan sog'aydi
ABŞ_korona.jpg
ispanya kovid-19 yuruyus1.JPG
süper covid19.jpg

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 503 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 10 mln 195 mingga yetdi. 5,5 mlndan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 128 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 2,6 mlndan oshdi. Sog’liqni saqlash vaziri Alex Azar oxirgi kunlarda koronavirusning tarqalish darajasi avj olganligini ma’lum qildi. Ayniqsa, janubiy va g’arbiy shtatlarda kasallanganlar sonida jiddiy ortish kuzatilganligini ma’lum qilgan Alex Azar: “Shu kunlardagi vaziyat pandemiya cho’qqiga chiqqan kunlardagidan farq qiladi. Vaksina va muolaja bo’yicha faoliyatlar jadallik bilan davom etmoqda, biroq epidemiya tarqalishini oldini olishning iloji bo’lmayabdi”,-dedi.

Italiya virusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni so’nggi bir sutkada 22 nafarga oshib, ularning umumiy soni 34 738 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 174ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtdamamlakat bo’ylab virusga chalinganlar soni 16 618 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniya sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha,  mamlakatda so’nggi bir hafta ichida 13 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab ularning umumiy soni 28 343 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda so’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 118ta yangi holat qayd etilgan bo’lib, ularning umumiy soni  248 770 nafarni tashkil qilmoqda.

Madrid Avtonom hukumati rahbari İzabel Diaz Ayuso ma’lum qilishicha, epidemiya keng tarqalgan shaharlardan biri Madridda anchadan buyon ilk marta so’nggi bir kunda o’lim holati kuzatilmadi.

Portugaliyada esa, so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 3 kishi vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 1564 nafarga yetdi. Koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 457ta yangi holat aniqlangan bo’lib, ularning umumiy soni 41 646 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar