Hindistonda chaqmoq urishi natijasida 116 kishi jon berdi

Hindistonning turli hududida momaqaldiroq va og‘ir yog‘ingarchilik chog‘ida chaqmoq urishi natijasida 116 kishi jon berdi.

1443822
Hindistonda chaqmoq urishi natijasida 116 kishi jon berdi

Hindistonning turli hududida momaqaldiroq va og‘ir yog‘ingarchilik chog‘ida chaqmoq urishi natijasida 116 kishi jon berdi.  

India Today gazetasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra Bihar shtati hukumati, Bihar shtatining turli hududlarida momaqaldiroq va og‘ir yog‘ingarchilik chog‘ida urgan chaqmoq tufayli 92 kishining jon berganini, 20 kishining tan jarohati olganini qayd etdi.

Shuningdek, Utar Pradesh shtati mahalliy hukumati, chaqmoq urishi natijasida 24 kishining vafot etganini va 12 kishining tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Og‘ir yog‘ingarchilik natijasida mintaqada ko‘plab uy ham ziyon ko‘rgan.

Bosh vazir Narenda Modi, jon berganlarning oilalariga ta’ziya izhor etdi.



Aloqador xabarlar