YI Liviyada tinchlik jarayoni BMT nazoratida olib borilishi tarafdori...

Yevropa Ittifoqi Liviyadagi tinchlik jarayoni BMT rahbariyatida yuritilishini talab qilmoqda

1443222
YI Liviyada tinchlik jarayoni BMT nazoratida olib borilishi tarafdori...

Yevropa Ittifoqi (YI) Liviyadagi tinchlik jarayoni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT rahbariyatida yuritilishini talab qilmoqda.

Kundalik matbuot anjumanida so'zga chiqqan Yevropa Ittifoqi Komissiyasi matbuot kotibi Piter Stano Tunis prezidenti Kays Saidning "Liviyada  qabilalar tinchlik jarayonini olib borishi" haqidagi taklifiga oid bir savolga javob berdi.

Stano tinchlik jarayoni  "Liviyaliklar  tomonidan Liviyaliklar uchun " tashkil qilishi kerakligini aytdi.

Yechim takliflariga kelsak, Stano,

"Yevropa Ittifoqi Liviyadagi tinchlik jarayoni BMT rahbarligi ostida va Berlin jarayoni doirasida o'tkazilishi kerak deb o'ylaydi." dedi.

Tunis prezidenti Said Fransiyaga tashrifi chog'ida "Liviya qabilalari Afg'onistonda bo'lgani kabi konstitutsiya tuzish uchun birlashadilar", deb taklif qildi.

Liviya Davlat Oliy Kengashi Prezidenti Xolid al-Mishri Liviyada Afg'oniston modelini amalga oshirish mumkin emasligini  ta'kidlab, "Liviyadagi qabilalar siyosiy biror  partiya emas, balki ijtimoiy tuzilishning biror qismidir" deya ta’kidladi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Jarayon , #Tinchlik , #BMT , #Liviya

Aloqador xabarlar