Borrel: “Turkiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lishlik Yunoniston va YIning manfaatiga.”

Yunonistonga tashrif uyushtirgan Tashqi Siyosat va xavfsizlik ishlari Oliy vakili Joseph Borrel, Tashqi Ishlar vaziri Nikos Dendias bilan Turk – Yunon chegarasi yaqinidagi Evros mintaqasida tekshiruv ishlari yuritdi.

1443106
Borrel: “Turkiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lishlik Yunoniston va YIning manfaatiga.”

Yevropa ittifoqi Tashqi Siyosat va xavfsizlik ishlari Oliy vakili Joseph Borrel, Turkiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lishlikning Yunoniston va YIning manfaatiga ekanligini eslatib o‘tgan holda,

“Shu bois ham Turkiya bilan aloqa o‘rnatib takror ishonchini oqlashimiz kerak” dedi.

Yunonistonga tashrif uyushtirgan Tashqi Siyosat va xavfsizlik ishlari Oliy vakili Joseph Borrel, Tashqi Ishlar vaziri Nikos Dendias bilan Turk – Yunon chegarasi yaqinidagi Evros mintaqasida tekshiruv ishlari yuritdi.

Borrel tekshiruv ishlari ortidan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida Turkiya bilan yaxshi qo o‘shnichilik munosabatlari olib borishlikning eng ko‘p Yunonistonga foyda olib kelishini ifoda etgan holda,

“Turkiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun hech kimning sababi Yunonistonning sababidan muhimroq emasdir. Chunki, yaxshi qo‘shni bo‘lishimiz shart” deya gapirdi.

Borrel shuningdek,

“Turkiya bilan yaxshi qo‘shnichilik qilish ko‘proq Yunonistonning foydasiga. Natijada YIning ham yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari uchun tashkil topkanini hisobga olgudek bo‘lsak, bu xususning ahamiyatini yaxshiroq tushinib yetamiz. Manfaatlarimizni ham hisobga olishimiz kerak. Shuning uchun Turkiya bilan aloqa o‘rnatib, takror ishonchini oqlashimiz lozim. Munosabatlarimizni mustahkamlash va mavjud muammolarimizni hal qilish, YI, Turkiya va Yunonistonning manffatiga bo‘ladi” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar