Meksika janubida 7.5 ball zilzila yuz berdi

AQSh geologik tadqiqotlar markazi Meksika, Guatemala, Honduras, El Salvadorni tsunami falokatiga qarshi ogohlantirdi.

1442457
Meksika janubida 7.5 ball zilzila yuz berdi

 

Meksika janubida kuchli zilzila yuz berdi.

Ma'lumotga ko’ra, zilzila kuchi 7,5 ballni tashkil qilgan bo’lib, hodisa tufayli 5 kishi hayotdan ko’z yumgan.

Seysmologlarning ma'lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Oaxaka Shtatiga qarashli Coyul shahriga 9 km g’arbda yerning 5 km tagida joylashgan.

Meksika milliy seysmologiya xizmati (SSN) ma'lum qilishicha, 7.5 balli zilziladan keyin, 2 yarim soat davomida jami 147 marta yer silkinish holatlari kuzatilgan.

AQSh geologik tadqiqotlar markazi zilzila magnitudasi 7,7 ballga teng ekanligini ma'lum qilib, Meksika, Guatemala, Honduras, El Salvadorni tsunami falokatiga qarshi ogohlantirdi.

Ta'kidlanishicha, poytaxt Mexikoda minglab insonlar ko’chalarga chiqishgan, cherkovlar, ko’priklar va avtomagistrallarda yoriqlar paydo bo’lgan. Ba’zi hududlarda elektr ta’minoti uzilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Meksika

Aloqador xabarlar