JSST ko‘ra, Covid – 19 holati dunyo miqyosida eng ko‘p kecha qayd etilgan

JSST Bosh direktori doktor Tedros Adhanom Ghebreyesus, tashkilotning Shveytsariyaning Jeneva shahridagi markazida videomuloqat orqali matbuot anjumani uyushtirdi.

1441573
JSST ko‘ra, Covid – 19 holati dunyo miqyosida eng ko‘p kecha qayd etilgan

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti kecha dunyo miqyosida Covid – 19 holatining ortishida rekord o‘rnatilgani va virusning haligacha o‘limga yo‘l ochayotganini qayd etdi.

JSST Bosh direktori doktor Tedros Adhanom Ghebreyesus, tashkilotning Shveytsariyaning Jeneva shahridagi markazida videomuloqat orqali matbuot anjumani uyushtirdi. Ghebreyesus unda, 

“Deyarli har kuni yangi va xavfli rekord o‘rnatilmoqda” dedi.

JSSTga kecha dunyo miqyosida 183 mingdan ortiq Covid – 19 holati aniqlanganligi haqida ma’lumot yetkazilganligini eslatib o‘tgan Ghebreyesus, buning bir kunda qayd etilgan eng yuqori holat soni ekanligiga e’tibor qaratdi.

Ghebreyesus, JSSTga Covid – 19 tufayli jami 8.8 milliondan ortiq kasallik holati va 465 mingdan ortiq o‘lim holatining qayd etilganini belgilab o‘tgan holda,

“Ba’zi davlatlarda kasallik va o‘lim holatlaridagi ortish jadal tus oldi” deya gapirdi.

Dunyoning turli davlatlarining muvaffaqiyatli ravishda virusni nazorat ostiga olganidan keyin unga qarshi ko‘rilgan chora va tadbirlarni yengillashtirganligini va iqtisodiyotning takror ochilganini esaltib o‘tgan Ghebreyesus, bu bilan birga bu mamlakatlarda holat sonlarida takror ortish kuzatilganligi bo‘yicha ogohlantirdi.

Ghebreyesus,

“Dunyonnig barcha davlatlari xalqini himoya qilish, ijtimoiy va iqtisodiy ziyonni kamaytirish masalasida teng yo‘l olmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi lekin bu vaziyat hayot va tirikchilik orasidagi tanlov emasdir. Mamlakatlar ikkalasini ham (bir xil vaqtda) qila oladi” dedi.   

“Oxirgi kunlarda ba’zi olimlarning virusning o‘z kuchini yovqotganligi haqidagi bayonotlari va holat sonidagi rekord ortishlarga qaramay, o‘lim holatidagi kamayishlarni nimaga bog‘laganliklari” haqidagi savolga JSSTning Covid – 19 ga qarshi kurash guruhi lideri Maria Van Kerkhove javob berdi.

Kerkhove, virusning o‘zgarib o‘zgarmaganligini aniqlash uchun olimlarning tadqiqot ishi yuritganini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar