Tolibonning Akchada uyushtirgan hujmida xavfsizlik xodimlaridan 12 kishi jon berdi

Tolibonning Afg‘onistonning shimolidagi Juzjan viloyatining Akcha tumanidagi harbiy punktga qarshi uyushtirgan hujmida xavfsizlik xodimlaridan 12 kishi jon berdi.

1437658
Tolibonning Akchada uyushtirgan hujmida xavfsizlik xodimlaridan 12 kishi jon berdi

Tolibon jangarilarining Afg‘onistonning shimolidagi Juzjan viloyatining Akcha tumanidagi harbiy punktga qarshi uyushtirgan hujmida xavfsizlik xodimlaridan 12 kishi jon berdi.

Juzjan gubernatorligi Matbuot xizmati kotibi Abdul Maruf Azer, matbuotga bergan bayonotida, Tolibon jangarilarining, Akchaning markazidagi Balaihisar harbiy punktiga qarshi qurolli hujum uyushtirganini qayd etdi.

Azer hujumda 12 nafar xavfsizlik xodimining jon berganini, 5 nafar xavfsizlik xodimining tan jarohati olganini, 4 nafarining esa jangarilar tomonidan garovga olinganini ma’lum qildi.

Hujumlar ortidan kelib chiqqan to‘qnashuvda 5 jangarining o‘ldirilganligi, 10 jangarining esa tan jarohati olganini eslatib o‘tgan Azer, qo‘shimcha harbiylarning mintaqaga yetib borishi bilan jangarilarning yo‘q qilinganini ifoda etdi.

Talibon tomonidan hali hanuz mavzu haqida hech qanday bayonot berilmadi.



Aloqador xabarlar