Burundi Prezidenti Nkurunzizaning yurak hurujidan emas Covid – 19 dan vafot etgani aytilmoqda

Burundi Prezidenti Pierre Nkurunzizaning yurak hurujidan emas Covid – 19 dan vafot etgani iddio etildi.

1436902
Burundi Prezidenti Nkurunzizaning yurak hurujidan emas Covid – 19 dan vafot etgani aytilmoqda

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 439 ming 890 nafarni, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 8 million 150 ming 570 nafarni, sog‘ayib ketganlar soni esa 4 million 258 ming 300 nafarni ortda qoldirdi.

Rossiyada bugungacha Covid – 19 dan 7 ming 284 kishi vafot etar ekan holat aniqlangan kishilar soni 545 ming 458 nafarga chiqdi.

Covid – 19 dan 912 kishi vafot etgan Ukrainada holat soni 32 ming 476 nafarga yetdi. Karantin 22 – iyungacha uzatilgan Ukrainada 11 – maydan e’tiboran Covid – 19 ga qarshi olingan chora va tadbirlar bosqichma – bosqich yengillashtirilayotgan edi.

Qozog‘istonda vafot etganlar soni 81 nafarga, holat soni esa 15 ming 192 nafarga yetdi. Qozog‘istonda faoliyat ko‘rsatilgan Turk firmalaridan biri tomonidan Aktau viloyatiga yuboriladigan virusdan himoya qiluvchi yordam ashyolarini Qozog‘istonning Anqaradagi elchisi Abzal Saparbekuli topshirdi. Saparbekuli, ularni topshirish marosimida so‘zlagan nutqida yurtida faoliyat olib borayotgan Turk investorlarning pandemiyaga qarshi kurashda faol xizmat qilayotganini qayd etdi. Turk firmalarining Qozog‘istonda keng ko‘lamli yordam faoliyatlari olib borayotganiga e’tibor qaratgan Saparbekuli, “Bunday imkonlar Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasidagi stratejik sheriklik va qardoshlikning dalilidir” dedi.

19 kishi vafot etgan O‘zbekistonda holat soni 5 ming 293 nafarga yetdi.

Qirg‘izistonda Covid – 19 yuzasidan vafot etganlar soni 28, holat soni esa 2 ming 472 nafar deb qayd etildi.

14 kishi vafot etgan Gruziyada holat soni 882 nafar.

Armanistonda vafot etganlar soni 293, holat soni 17 ming 489 nafarga chiqdi.

Vafot etganlar soni 9 ming 65, holat soni esa 192 ming 439 nafarga chiqqan Eronda, Xuziston viloyatidan tashqari G‘arbiy va Sharqiy Ozarbayjon, Xuroson – Razaviy, Loriston, Kirmanshoh, Guliston, Hurmuzgon, Kurdiston va Siston – Belujiston “qirmizi – maydon” deb belgilab olindi. Mamlakatda oy boshida 800 nafarlarga qadar kamaygan holat soni, cheklovlarning bekor qilinishi ortidan yana ko‘paydi. Vafot etganlar va holat sonlaridagi ortish yuzasidan poxtayx Tehronda insonlar kamayib, xalq takror uylariga chora ko‘ra boshladi.

Pandemiya bo‘yicha oxirgi 24 soatda Xitoyda 40, Janubiy Koreyada 34 yangi holat aniqlandi. Xitoy poytaxti Pekindagi holatlarning ko‘pi Shinfada ulgurji savdo bozori atrofida aniqlandi. Uch holat esa Shinfadiy yaqinlaridagi boshqa bozorda aniqlandi va mintaqa karantinga olindi. Pekinda takror sahoyat qilishlar cheklana boshladi.

Hindistonda oxirgi 24 soatda Covid – 19 yuzasidan yana 380 kishi vafot etdi. Bu orqali mamlakatda ularning umumiy soni 9 ming 900 nafarga chiqdi. Undan tashqari 10 ming 667 kishida virus aniqlanar ekan mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 343 ming 91 nafarga yetdi.

Sharqiy Afrika mamlakatlaridan Keniyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) tufayli vafot etganlarning soni 104 nafarni tashkil etar ekan holat soni 133 nafarga ortgan holda 3 ming 727 nafar deb qayd etildi. Mamlakatda hukumat, Covid – 19 ga qarshi kurash doirasida olingan chora va tadbirlarni iyul oyigacha uzatish haqida qaror qabul qildi. Shu bilan birga Xitoydan mamlakatga xayriya sifatida yuborilgan Covid - 19 test va tibbiy jihozlar yo‘qolib qolganliig ustidan tergov ishlari boshlatildi.

Janubiy Afrika Respublikasida esa eng ko‘p holat qayd etilgan G‘arbiy Keyp shtatida 98 o‘qituvchi bilan 1 ming 800 o‘quvchida Covid – 19 holati aniqlandi. Ming 480 kishi vafot etgan mamlakatda holat soni bu orqali 70 ming 38 nafarga chiqdi.

Covid – 19 tufayli oxirgi 24 soatda yana 48 kishining vafot etishi bilan ularning umumiy soni 208, yangi 116 holat bilan esa bemorlar soni 844 kishi deb qayd etilgan Yaman, Birlashgan Milatlar Tashkiloti tomonidan ogohlantirildi. Mamlakatda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, “Yamanda 25 foizga yaqinlashgan va qattiq tashvishlantirgan ravishda ko‘tarilgan o‘lim nisbati, dunyodagi o‘rtacha raqamdan qariyb 4 barobarga ko‘p” degan ifodalarga o‘rin berdi.     

Pandemiya tufayli 468 kishi vafot etgan Sudanda holat soni oxirgi 24 soatda 213 nafarga ortgan holda 7 ming 220 nafarga chiqdi.

Roppa – rosa 73 kishi vafot etgan Chadda, oxirgi bir kunda 850 holat aniqlandi.

Burundi Prezidenti Pierre Nkurunzizaning yurak hurujidan emas Covid – 19 dan vafot etgani iddio etildi. Burundida mahalliy ommaviy axborot vositalarida o‘rin olgan xabarlarda, Prezident Pierre Nkurunzizaning o‘lim sababining rasmiy ma’lumotlarda bayon etilganidek yurak huruji emasligi, prezidentning o‘limiga Covid – 19 ning yo‘l ochgani iddio etildi. Xabarlarda, yetakchilarning Covid – 19 pandemiyasini e’tiborga olmagani va shuning uchun ham Nkurunzizaning haqiqiy o‘lim sababini yashirganliklari ilgari surildi.

Saudiya Arabistonida Covid – 19 tufayli vafot etganlar soni 41 nafarga ortgan holda 1 ming 52 nafarga chiqdi.

Afrika qit’asidagi boshqa ba’zi davlatlarda bugungacha Covid – 19 tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari ro‘yhati quyidagicha:

Misr 1 ming 672, Janubiy Afrika 1 ming 568, Jazoir 777, Nigeriya 424, Kamerun 276, Marokash 212.

 



Aloqador xabarlar