Tramp AQShning Germaniyadagi harbiylari sonini qisqartirmoqchi...

Tramp Germaniyadagi AQSh harbiylari sonini 25 mingga qisqartirmoqchi. Hozirda ularning soni 52 mingni tashkil qiladi.

1437074
Tramp AQShning Germaniyadagi harbiylari sonini qisqartirmoqchi...

 

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Germaniyadagi harbiylari sonini qisqartirishga qaror berganini ma’lum qildi.

Tramp Germaniyadagi AQSh harbiylari sonini 25 mingga qisqartirmoqchi. Hozirda ularning soni 52 mingni tashkil qiladi.   

Tramp bu haqda Oq uyda matbuotga bergan brifing chog’ida aytib o’tgan.

“Germaniyadagi harbiylarimiz sonini 25 mingga kamaytirmoqchimiz. Ma’lumki, Germaniya mudofaa uchun NATOga yetarlicha mablag‘ ajratmayabdi. NATOga milliardlab dollar qarzi bor. Ular pul to‘lamasa, nima uchun biz buni qilishimiz kerak?”,-deb aytgan Donald Tramp.

Prezidentning ta’kidlashicha, Germaniya shu tariqa NATOga putur yetkazmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Germaniya , #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar